Daryo

Toshkentda IIB xodimi yong‘in bo‘layotgan uyda qolib ketgan kasal ayolni qutqarib qoldi

Ayol toza havoga olib chiqilib, tez yordam kelguniga qadar birinchi yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish25 500 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Sergeli tumanida 11-fevral kuni IIB xodimi yong‘in bo‘layotgan hududdan fuqaroni olib chiqib ketdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, profilaktika katta inspektori kapitan Jamshid Toshkenboyev yordamchisi Qudratillo Mirzarayimov bilan birga “Qipchoq” mahallasini ko‘zdan kechirayotgan paytda profilaktika inspektorining telefoniga mahalladagi uylardan birida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, uyida yong‘in yuzaga kelganini, yonayotgan xonadondan ayol kishi borligini aytgan.

Kapitan shu zahoti aytilgan manzilga yetib borgan. U eshikni ochganida kasalligi tufayli harakatlanishi qiyin bo‘lgan ayol hushini yo‘qotishiga oz qolganini ko‘rgan. Аyol toza havoga olib chiqilib, tez yordam yetib kelguniga qadar unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Profilaktika inspektorining harakatlari sababli ko‘p qavatli uyda yong‘in tarqash xavfining oldi olingan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar