Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Boshqa mevalar singari bananlarni ham so‘zsiz foydali deb hisoblashga odatlanganmiz. Ammo sog‘liqqa zarar yetkazmaslik uchun bilish kerak bo‘lgan ma’lumotlar mavjud. “Domashniy ochag” nashri buyrak kasalligiga chalingan insonlar nima uchun banan iste’mol qilmasligini ma’lum qildi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Yaqinda shifokorlar buyrak kasalligi bilan og‘rigan odamlar banan iste’mol qilmasligi kerak, degan xulosaga keldi. Gap shundaki, bananlarda kaliyning juda yuqori foizi mavjud. Umuman, banan iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Buyraklar qondagi kaliy darajasini nazorat qiladi. Agar buyraklar to‘g‘ri ishlamasa, ular kaliyni kuzata olmaydi va qonda bu elementning keskin o‘sishi ehtimoli ortadi. Agar tarkibida kaliy yuqori bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilinsa, buyraklar ortiqcha zo‘riqadi va ular yana ham ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, albatta, qonda kaliy darajasini oshiradi. Aytgancha, bu bananlardan tashqari, apelsinlarga ham tegishli. Chunki uning tarkibida ham ko‘p miqdorda kaliy bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi