Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi yakunlandi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Guruh bosqichining natijalariga ko‘ra pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

  • Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “Navbahor”, “OKMK”, “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Turon”, “Bunyodkor”;
  • Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “Qizilqum”, “Lokomotiv”, “Mash’al”, “Andijon”, “Olimpik”, “Metallurg”.
Shuningdek, ular orasiga “Surxon” va “Sho‘rtan” jamoalari eng yaxshi 3-o‘rinlar ichida eng yaxshi natija qayd etgan holda qo‘shildi.

Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar – “Paxtakor” va “Nasaf” ham mamlakat kubogidagi ishtirokini aynan mana shu bosqichdan boshlaydi.

1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan pley-off juftliklariga alohida qur’a tashlanadi.

Guruh g‘olibligi uchun kurashni ta’minlash maqsadida 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimida guruh g‘oliblari alohida savatda bo‘ladi va ular ushbu bosqichda bir-biri bilan, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar bilan to‘qnash kelmaydi. Bir o‘yindan iborat uchrashuvlarga kim mezbonlik qilishi qur’a yordamida aniqlab olinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi