Daryo

Angrenda soy o‘zanida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan

1 daqiqa o‘qish42 516 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent viloyati Angren shahrida FVB xodimlari soy o‘zanida qolib ketgan fuqaroni qutqardi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 11-mart kuni soat 15:20 da shahar hududidan oqib o‘tuvchi Qorabog‘soy soyida fuqaro S.J. kuchli yog‘ingarchilik natijasida soy o‘zanida qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni soy o‘zanidan olib chiqqan. Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.

Avvalroq Buxoroda o‘zini yetti qavatli “dom”dan tashlashga uringan 16 yoshli qiz, Farg‘onada uyda qulflanib qolgan ikki nafar bola, Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarilgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar