Daryo

Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi

U quduq ichidagi kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan, ammo arqon uzilib ketgan

1 daqiqa o‘qish40 382 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent viloyati Angren shahrida 7-fevral kuni 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, soat 11:48 da shahar 3-yong‘in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar Angren shahar Bunyodkor ko‘chasiga yetib borgan.

Aniqlanishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan chuqurligi 16 metr bo‘lgan quduq ichiga tushib ketgan kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketishi oqibatida quduqqa tushib ketgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
“Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro va kuchuk bolasi quduq ichidan olib chiqildi”, — deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar