Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart. Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori bekor qilindi
- O‘zbekistonda avtomobilni auksion orqali ijaraga berishda shartnomani notarial tasdiqlash bekor qilindi
- O‘zbekistonda 2022-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun minimal stavkalar belgilandi
Izoh (0)