Daryo

O‘zbekistonda 2022-yilda ilgari bajarilmagan 100 ta yuqori texnologik davolash usullarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan

Jumladan, Gematologiya markazida maxsus operatsion kompleks tashkil etilib, oqqon kasalligiga chalingan bemorlar uchun ilik ko‘chirish amaliyoti o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish34 114 ko‘rishlar0 izoh0

28-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda davlat rahbari tibbiyot muassasalaridagi jihozlarning sozligi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘qligini tanqid qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda qaysi shifoxona va laboratoriyada qanday jihoz soz yoki nosozligi bo‘yicha aniq hisob-kitob yo‘qligi ko‘rsatib o‘tilgan. Viloyat hokimlariga 25-aprelga qadar barcha birlamchi muassasalarni xatlovdan o‘tkazib ularga zarur bo‘lgan va ta’mirtalab jihozlar ro‘yxatini shakllantirish topshirig‘i berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritishi belgilangan.

22 ta respublika markazi yil yakuniga qadar O‘zbekistonda ilgari bajarilmagan kamida 100 ta yuqori texnologik davolash usullarini yo‘lga qo‘yishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Misol uchun, Gematologiya markazida maxsus operatsion kompleksni tashkil etish hisobiga oqqon kasalligiga chalingan bemorlar uchun ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish mumkinligi aytilgan. Mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar