Daryo

Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan ikki yoshli qizaloq qutqarildi

Ikki yoshli qizaloq sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirilgan

1 daqiqa o‘qish48 798 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat FVB

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni eshigi qulflanib qolishi oqibatida ichkarida yolg‘iz qolgan ikki yoshli qizi qutqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat FVB

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning 11-mart kuni soat 12:30 da Farg‘ona shahar Sohibqiron Temur ko‘chasi 61-uydagi xonadonlarning birida yashovchi fuqaro O.B. yashash xonadonining kirish eshigi qulflanib qolib, ikki yoshli farzandi ichkarida yolg‘iz qolgani haqida 1050 qisqa raqami orqali murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Foto: Farg‘ona viloyat FVB
Foto: Farg‘ona viloyat FVB
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi xodimlari aytilgan manzilga soat 12:41 da yetib borgan va maxsus moslamalar yordamida xonadonning temir eshigini ochib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatgan. Uy ichida qolgan ikki yoshli qizaloq sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirilgan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar