Daryo

Kuchli shamol Samarqand, Nukus va Qarshidagi uylar tomini uchirib yubordi (foto)

Voqea joylariga FVVning hududiy boshqarmalari rahbaryati va qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan

1 daqiqa o‘qish85 806 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

O‘zbekistonning qator viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol ayrim binolarning tom qismini uchirib yubordi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shamol 5-mart kuni soat 05:30 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Vatanparvar” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning taxminan 120 kvadrat metr, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 kvadrat metr, “Do‘stlik” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 250—300 kvadrat metr maydondagi tom qismini uchirib yuborgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Shuningdek, soat 08:10 da Nukus shahar A.Do‘snazarov ko‘chasida joylashgan uyning 350 kvadrat metr, Qarshi shahri 8-mitti tuman Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan uyning esa 100 kvadrat metr maydonda tom qismlari shamol oqibatida yerga tushgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Voqea joylariga FVVning hududiy boshqarmalari rahbaryati va qutqaruv bo‘linmalari jalb etilib, kuchli shamol talafotlarini bartaraf etish ishlari olib borilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmidan Eron hududlaridan juda iliq havo shiddatli kirib kelishi kutilayotgani, bu 4-mart kuni shamolning 15-20 metr/sekundgacha kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar