Daryo

Uzbekistan Airways Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi

Kompaniyaning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi

1 daqiqa o‘qish50 522 ko‘rishlar0 izoh0

Uzbekistan Airways Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kompaniya xabariga ko‘ra, HY-3731/3732 Toshkent—Kiyev—Toshkent muntazam qatnovlarining 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi.

Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Uzbekistan Airways’ning Namangandan Krasnodarga uchgan HY-9825 reysi Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan viloyatga majburiy qaytarilgandi. Ortga qaytgan ushbu reys yonilg‘i yetarli bo‘lmagani sabab Urganchga qo‘ngani, yonilg‘i quyilgach Namanganga uchib ketishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek, Sky Up Airlines aviakompaniyasining 24-fevral kuni Toshkentdan Kiyevga uchgan reysi Ukraina havo hududi barcha aviakompaniyalarning tijorat reyslari uchun yopilgani sabab Moldovaning Kishinyov xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar