Daryo

Toshkentda IIB xodimi kanalda cho‘kayotgan mast erkakni qutqarib qoldi

Xodim fuqaro uchun tez yordam chaqirgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish66 704 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Sergeli tumanida 30-sentabr kuni Ichki ishlar organi xodimi kanalda cho‘kayotgan mast fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Ma’lum bo‘lishicha, Sergeli tumani “Qorasuv” mahallasi hududida soat 21:30 atrofida fuqaro M.M mast holatda ehtiyotsizlik qilib, hududdan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan. Suvdan mustaqil chiqa olmagan erkak atrofdagilarni yordamga chaqirgan. Shu hududdan o‘tib ketayotgan Sergeli tumani profilaktika inspektori leynetant Alibek Mamarayimov chaqiriqni eshitgan va fuqaroga suvdan chiqishda yordamlashgan.

Qayd etilishicha, leytenant voqea joyiga tez yordamni chaqirgan va fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar