Daryo

Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan yosh bola qutqarildi

FVV xodimlari bolani olib chiqib, onasiga sog‘-salomat topshirgan

1 daqiqa o‘qish17 499 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 13-fevral kuni yosh bola ko‘p qavatli uylardagi xonadonda qulflanib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 09:34 da tumanning “Guliston” mahallasi Ma’rifat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yashovchi ona kirish eshigi qulflanib qolgani va uyda yolg‘iz qolib ketgan farzandidan xavotirlanib, tumani FV bo‘limiga murojaat qilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida ko‘p qavatli uyning xonadoniga kirib, bolani olib chiqqan va onasiga sog‘-salomat topshirgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar