Daryo

Jizzaxda bir vaqtning o‘zida ikki xonadonda bolalar qulflanib qoldi

FVV qutqaruvchilari avval 3 yashar qizaloqni, so‘ng 2 nafar bolani qutqardi

1 daqiqa o‘qish33 166 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax shahrida 30-yanvar kuni uyda qulflanib qolgan bolalar qutqarib qolindi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, shu kuni Jizzax viloyati FVBga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda qulflanib qolgan bolalar to‘g‘risida 2 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, soat 11:21 da Jizzax shahar “Zilol” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatida 3 yoshli qizcha va soat 11:50 da “Kimyogar” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida ikki nafar bola qulflanib qolgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qutqaruvchilar dastlabki manzilda maxsus asbob-anjomlar yordamida qulflanib qolgan eshikni ochib, qizchani qutqargan. Keyingi manzilga borilganda qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va maxsus arqon yordamida alpinistik harakatlarni amalga oshirib, uy ichida qolgan 2 nafar bolani onasiga sog‘-salomat topshirgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar