Daryo

Qarshidagi ko‘p qavatli uylarning birida qamalib qolgan 2 yoshli bola qutqarildi

Qo‘shimcha qilinishicha, qutqaruvchilar shu kuni bola yolg‘iz qolgan xonadonning gaz plitasi ham yoqiq holda qoldirilganiga guvoh bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish31 942 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sohib Vaitov

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshigi qulflanib qolishi oqibatida ichkarida qolib ketgan ikki yoshli bola qutqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov ma’lum qildi.

Foto: Sohib Vaitov

Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-sentabr kuni soat 18:45 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga Qarshi tumani “Chaman” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, ikki yoshli farzandi uyda yolg‘iz qolib, kirish eshigini qulflab qo‘yganini ma’lum qilgan.

“Murojaatga ko‘ra, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga 10 daqiqada yetib borib, qisqa vaqt ichida maxsus qurilmalar yordamida temir eshikni ochdi va bolani onasiga sog‘-salomat topshirdi”, — deydi Sohib Vaitov.

Qo‘shimcha qilinishicha, qutqaruvchilar shu kuni bola yolg‘iz qolgan xonadonning gaz plitasi ham yoqiq holda qoldirilganiga guvoh bo‘lgan va uy bekasini bu haqda ogohlantirib, to‘g‘ri tavsiya bergan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar