Daryo

O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati 1-martgacha uzaytirildi

Ushbu muddat o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun ham amal qiladi

1 daqiqa o‘qish56 800 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ushbu muddat quyidagilar:
  • to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlariga qabul qilingan talabalarning yangi 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qilgandi. Keyinroq vazirlik OTMlarda kontrakt miqdori oshgani yuzasidan munosabat bildirib, prezidentining farmon va hukumat qarorlari bilan ish haqi miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt narxlari ham oshirilib borilishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina olgan talabalarga kontrakt to‘lashda chegirma berilishi, keyinchalik vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati 15-noyabrgacha uzaytirilishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’limga bosqichma-bosqich o‘tiladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar