Daryo

O‘zbekistonda vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati 15-noyabrgacha uzaytiriladi

Shu muddatgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan barcha talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi ma’lum qilingan

1 daqiqa o‘qish27 376 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston OTMlarida vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati uzaytiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi belgilandi.

Endilikda ushbu muddat 15-noyabrga qadar uzaytirildi. Shu muddatgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan barcha talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi ma’lum qilingan.

Bundan avval O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tish huquqi berilgani hamda O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar