Daryo

Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan 4 yoshli bola qutqarildi

Uy ichida qolgan to‘rt yoshli bola sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirilgan

1 daqiqa o‘qish23 683 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni eshigi bexosdan qulflanib qolishi oqibatida ichkarida yolg‘iz qolgan yosh bola qutqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 5-aprel kuni Farg‘ona shahar Said Ahmad ko‘chasi 7-uy 26-xonadonda yashovchi fuqaro S.Eshonqulova yashash xonadonining kirish eshigi qulflanib qolib, to‘rt yoshli farzandi ichkarida yolg‘iz qolgani haqida 1050 qisqa raqami orqali murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Murojaat yuzasidan aytilgan manzilga yetib borgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi xodimlari maxsus moslamalar yordamida xonadonning temir eshigini ochib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatgan. Uy ichida qolgan to‘rt yoshli bola sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar