Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 23-turida “Chelsi” 23-yanvar, yakshanba kuni “Tottenhem”ni qabul qildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lib debyutida Hakim Ziyosh maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Tiago Silva jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Chelsi” ochkolarini 47 taga yetkazib olgan holda uchinchi pog‘onada bormoqda. “Tottenhem” (36) esa 7-o‘rinda qolmoqda.

APL

23-tur bahsi

23-yanvar, yakshanba

“Chelsi” — “Tottenhem” 2:0

Gollar: 1:0 – 47 Ziyosh, 2:0 – 55 Tiago Silva.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Sarr, Kovachich, Jorjinyo (Kante, 73), Maunt, Ziyosh (Saul, 90+1), Lukaku, Hadson-Odoi (Alonso, 87).

“Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Tanganga (Skipp, 57), Dayer, Sanches, Devis, Sessenyon (Lukas Moura, 56), Xil, Hyoybyerg, Uinks, Keyn, Bergveyn.

Ogohlantirishlar: Tiago Silva (24), Tanganga (37), Jorjinyo (42).