Daryo

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati tiklandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda dovon yo‘liga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini olib borgan

1 daqiqa o‘qish27 272 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni 19-yanvar kuni soat 07:15 dan vaqtincha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda tegishli choralar ko‘rilib, dovondagi avtomobil yo‘li qordan tozalangan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda dovon yo‘liga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 19-yanvar kuni soat 09:00 da Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan.

Avvalroq “O‘zgidromet” Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirgan, O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-yanvar kuni qor yog‘ishi mumkinligini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Taxtaqoracha dovoni 26-dekabr kuni ham qalin qor yog‘gani sabab yopilgandi. 27-dekabrga kelib dovonda avtomobillar harakati tiklangan.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar