Daryo

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani tufayli vaqtincha yopildi

Hozirda dovon yo‘lidagi muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepish ishlari amalga oshirilmoqda

1 daqiqa o‘qish73 940 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni 19-yanvar kuni soat 07:15 dan vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yog‘gan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgan.

“Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Taxtaqoracha dovoni 26-dekabr kuni ham qalin qor yog‘gani sabab yopilgandi. 27-dekabrga kelib dovonda avtomobillar harakati tiklangan.

Mavzuga doir: Video: Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar