Daryo

Andijonda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q

1 daqiqa o‘qish93 660 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon shahrida ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2021-yil 10-sentabr kuni soat 15:00 larda Andijon shahri, Bobur shohko‘chasida joylashgan “Mumtoz” savdo majmuasi yaqinida haydovchi A.X. Zhongtong rusumli avtobusni ortga boshqarayotgan vaqtda orqa tomonda to‘xtab turgan haydovchi N.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusning old tomoniga urilgan.

Oqibatda Zhongtong rusumli avtobusning orqa oynasi sinib moddiy zarar yetgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar