Daryo

Toshkentda avtobus piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish94 162 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida avtobus piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi

Qayd etilishicha, 2021-yilning 10-dekabr kuni soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi “Minor” metro bekati qarshisida haydovchisi T.J. (1990-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar