Daryo

Sovg‘a olgan hayvonlar, muzlagan sharshara, savodli dengiz sheri. 27-dekabr suratlari

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 27-dekabrda olingan sara suratlarni taqdim etamiz

3 daqiqa o‘qish63 820 ko‘rishlar0 izoh0
Hindistonning Ahmadobod shahridagi emlash markazida Covishield vaksinasi olayotgan ayol. Foto: Reuters

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 27-dekabrda olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha antirekordlar qayd etildi. Hozirda shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan 16 mingdan ortiq bemor yotibdi. Ularning 3,2 mingdan ortig‘i reanimatsiyada.Foto: “TASS”

Mavzuga doir: Bangkokda koronavirus sabab ommaviy Yangi yil tadbirlarini o‘tkazish bekor qilindi

Moskvadagi “Zaryadye” bog‘ida bayramona muhit.Foto: “TASS”
Rio-de-Janeyroda plyajlar yangi “omikron” shtammi tarqalishiga qaramay qayta ochildi.Foto: Getty Images
Germaniyaning Frankfurt shahrida tushgan ertalabki tuman.Foto: “TASS”

Mavzuga doir: Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari

Polshaning Przemisl shahrida ayozli kun.Foto: EPA
Madrid markazidagi Puerta-del-Sol maydonidagi asosiy soat tekshiruvdan o‘tmoqda. Soat an’anaviy tarzda Yangi yil kirishi bilan bong uradi.Foto: EPA
Parijda COVID-19 testi uchun navbat.Foto: EPA
Moskva hayvonot bog‘ida hayvonlarga Yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.Foto: “Moskva” AA
Shanxaydagi Yangi yil bezaklari.Foto: EPA
Bryusselda “omikron” shtammining tarqalishi sababli madaniy muassasalarning yopilishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi.Foto: EPA
Tumanli havoda Toshkent teleminorasining O‘zbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasi binosidan ko‘rinishi.Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Yangi yil kuni qor yog‘maydi. “O‘zgidromet” yil oxiriga qadar yog‘ingarchilik bo‘lmasligini ma’lum qildi

Antverpendagi Antverpen Expo ko‘rgazma zalida Moderna vaksinasi bilan qayta emlash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Kanada shimolida oq ayiq bolalari -30 daraja sovuqda onasining panjalari orasida sovuqdan saqlanmoqda.Foto: Legion Media
Xitoyning Heilongjiang provinsiyasidagi muz haykallari.Foto: AFP

Mavzuga doir: Foto: Qorga burkangan Toshkent manzaralari

Buyuk Britaniyaning Brods milliy bog‘idagi suv bug‘usi.Foto: Legion Media
Raqobatchilar Sidneydan Xobartgacha bo‘lgan yaxta poygasi boshlanishida yo‘lga chiqdi.Foto: AFP
Harorat -18C darajaga tushgan Van viloyatida Muradiye sharsharasi qisman muzlab qoldi.Foto: Getty Images
Rostov-Dondagi Sovetlar maydoniga o‘rnatilgan Yangi yil archasi.Foto: “TASS”
Yaponiyaning Yokogama shahridagi Hakkeijima Sea Paradise suv hayvonlari markazida bo‘lajak yangi yil burji bo‘lmish “yo‘lbars” so‘zini xitoychada yozgan dengiz sheri Leo.Foto: AFP
Hindistonning Ahmadobod shahridagi emlash markazida Covishield vaksinasi olayotgan ayol.Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.