Daryo

Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari

YHXBB barcha haydovchilarni oraliq masofani saqlagan holda, tezlik me’yorini oshirmasdan, texnik soz transportda va qoidalarga rioya qilib harakatlanishga chaqirdi

1 daqiqa o‘qish64 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati

Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 228–250-kilometrlari oralig‘ida vaqti-vaqti bilan qor yog‘moqda.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati

“Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash uchun maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati
Foto: “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati

IIV YHXBB barcha haydovchilarni oraliq masofani saqlagan holda, tezlik me’yorini oshirmasdan, texnik soz transportda va qoidalarga rioya qilib harakatlanishga chaqirdi.

Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 4-yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar