Daryo

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 8 yildan buyon pansionatda yashayotgan faxriy jurnalist holidan xabar oldi

Mass-mediani rivojlantirish fondi jurnalistning pansionatdagi qarzini qoplab berishni zimmasiga olgan

1 daqiqa o‘qish70 515 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 8 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qilayotgan O‘zbekistonning faxriy jurnalisti Rustam Obidov holidan xabar oldi. Bu haqda Komil Allamjonov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

“Rustam Obidov allaqachon pensiyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda.

Afsuski, bu yil pandemiya tufayli bu halol, mehnatsevar va juda kamtar inson qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qoldi. Shu sababli, ham pansionatda yashash xarajatlarining barchasini to‘lay olmagan.

Mass-media fondi va shaxsan men Rustam Obidovga uning muammolarini hal qilishda yordam berishni o‘z burchimiz deb hisoblaymiz. Faxriy jurnalistlar O‘zbekiston tarixidir. Ularning mehnati va fidokorona faoliyati tufayli biz mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l haqida bilamiz. Va bizning bu ko‘magimiz ularga va ularning mehnatlariga bildirilgan minnatdorchiligimizning kichik bir qismidir”, — deb yozadi Komil Allamjonov.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Sputnik’ning yozishicha, jurnalist Rustam Obidov pansionatidan 18 million so‘m miqdorida qarzi bor. Mass-mediani rivojlantirish fondi ushbu to‘lovni o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga doir: “Zamin” fondi ko‘magida 2020-yilda eshitish qobiliyatini yo‘qotganlarga implantlarni o‘rnatish bo‘yicha 36 ta operatsiya amalga oshirildi

Eslatib o‘tamiz, oktabr oxirlarida Saida Mirziyoyeva Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish boshlanganini ma’lum qilgandi. Mazkur loyiha metsenat sifatida ishtirok etib, katta yordam ko‘rsatayotgan saxovatli fuqarolar ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar