Xitoyda virusning yangi turi topilgani haqidagi birinchi xabarlardan ikki yil o‘tib, dunyo SARS-CoV-2 pandemiyasi bilan kurashishda davom etmoqda. Koronavirusga qarshi vaksinalarning jadal ishlab chiqilishi ko‘plab mamlakatlarga cheklovlarni yengillashtirishga yordam berdi, ammo majburiy vaksinatsiyadan voz kechish va odamlarni normal hayotga qaytarish talabi bilan o‘tkazilgan norozilik namoyishlari deyarli hamma joyda kuzatildi.

Virus mutatsiyaga uchrashda davom etib, kasallikning yangi to‘lqinlarini keltirib chiqarmoqda. Dunyo 2022-yilga koronavirusning ko‘p sonli mutatsiyalarga ega yangi varianti — “omikron” tarqalishining oqibatlaridan xavfsirab qadam qo‘ymoqda. Mutaxassislarning u haqidagi fikrlari ikkiga bo‘lingan: ba’zilari “omikron”da pandemiya tugashining xabarini, boshqalari faqatgina kurashning davomini ko‘rmoqda.

3-yanvar. AQSh koronavirus yuqtirganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Suratda COVID-19 aniqlangan o‘n kishilik oila Rojdestvoni Stemforddagi uyida karantinda nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

24-yanvar. Hindistondagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida jiddiy kislorod tanqisligi kuzatildi. Shifokorlar og‘irroq kasallarga kislorod yetishi uchun boshqa bemorlarning oilalaridan iloji bo‘lsa, ularni uyiga olib ketishni so‘rashga majbur edi.

Foto: AP Photo

1-fevral. AQShda COVID-19 ning “britancha” shtammi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat Koloradoda aniqlandi.

Foto: Getty Images

25-fevral. Isroil hukumati soat 20:30 dan ertalabki 5:00 gacha komendantlik soati joriy qildi. Bundan maqsad COVID-19 tarqalishining kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ommaviy bayramlarning oldini olish edi. Suratda: isroilliklar yahudiylarning Purim bayramini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

26-fevral. Rassom Florian Mehnertning Shtutgart balet raqqosalari ishtirokidagi ijtimoiy masofaga oid badiiy loyihasi.

Foto: Getty Images

1-mart. AQShning Kolorado shtati Luisvill shahridagi qariyalar uyida bemorlarning yaqinlari bilan ko‘rishishi uchun plastik quchoq o‘rnatildi.

Foto: AP Photo

8-mart. Uzoq davom etgan COVID-19 to‘lqini butun Hindistonni qamrab oldi, natijada o‘limlar keskin ko‘paydi va sog‘liqni saqlash tizimiga katta yuk tushdi. Suratda: Rajastandagi qishloq aholisini emlash jarayoni.

Foto: Getty Images

14-mart. Nyu-Yorkda koronavirusdan birinchi o‘lim qayd etilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan COVID-19 pandemiyasi tufayli halok bo‘lgan nyu-yorkliklarning suratlari Bruklin ko‘prigida namoyish etildi.

Foto: Getty Images

13-aprel. Angliyada sport zallari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, kutubxonalar, hayvonot bog‘lari, ko‘ngilochar bog‘lar va restoranlar qayta ochildi.

Foto: EPA

15-aprel. Braziliyadagi nochor aholiga koronavirusning xavfi va uni oldini olish haqida ma’lumot berishga ko‘maklashuvchi tushuntirish kampaniyasi boshlandi. Suratda: Petropolisdagi bolalar bilan salomlashayotgan Kapitan Amerika kiyimidagi harbiy politsiya zobiti.

Foto: AP Photo

21-aprel. Chilida COVID-19 ning yangi epidemiyasi kuzatildi. Reanimatsiya bo‘limlari to‘lib ketdi, mamlakat ikkinchi marta chegaralarini yopdi. Suratda: Santyagodagi La Rekoleta qabristonida koronavirus qurbonlari kuydirilganidan keyin bo‘sh tobutlarni olib ketayotgan ishchi.

Foto: AP Photo

21-iyun. Hindistonlik tibbiyot xodimi Srinagar tog‘larida kashmirlik cho‘ponlarni emlash uchun vaksinalar bilan to‘ldirilgan muzlatgichni olib ketmoqda.

Foto: AP Photo

5-iyul. Iyun oyida Moskvada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. Poytaxtdagi Gostiniy dvor uchastkasida Rossiyadagi eng yirik emlash punkti ochildi. Uning vaksinatsiyadan o‘tkazish quvvati kuniga olti ming kishiga yetadi.

Foto: Getty Images

22-iyul. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida eskirgan cheklovlarni kuchaytirishga qarshi harakatlar olib borilmoqda. Suratda: Gretsiya politsiyasi Afinada fuqarolarning ayrim toifalarini majburiy emlashga qarshi o‘tkazilayotgan miting ishtirokchilariga qarshi suv purkagichlardan foydalanmoqda.

Foto: AP Photo

5-avgust. Braziliya maktablari bir yarim yillik masofaviy ta’limdan so‘ng odatiy formatdagi darslarni qayta boshladi.

Foto: AP Photo

12-avgust. Indoneziyada dafn marosimi brigadalari mamlakatning ko‘plab hududlarida kecha-yu kunduz ishlaydi. Ular nafaqat o‘zlarining asosiy ishlarini bajaradi, balki odamlarga koronavirusdan vafot etganlarning jasadini qanday qilib xavfsiz saqlashni o‘rgatadi.

Foto: Getty Images

20-avgust. Xyuston o‘t o‘chirish xizmati shifokorlari koronavirus bilan kasallangan bemorni kasalxonaga olib ketmoqda. AQShning Texas shtatidagi ushbu eng yirik shaharda delta shtammining tarqalishida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Shu sababdan tez tibbiy yordam xodimlari va shahar kasalxonalari bosim ostida qolgan.

Foto: Getty Images

23-avgust. Xitoy keyingi semestr uchun maktablarni ochishga tayyorlanmoqda. Suratda: Bochjou shahridagi 2-o‘rta maktabda ko‘ngillilar dezinfeksiyalovchi vositani purkamoqda.

Foto: Getty Images

23-sentabr. Tailandda xorijiy sayyohlarni qabul qilish rejalari kechiktirildi, chunki beshta provinsiya COVID-19 ga qarshi emlash rejasidan orqada qolayotgandi.

Foto: EPA

13-oktabr. Yaponiyaning Osaka shahridagi patinko avtomat o‘yinlari zali vaqtinchalik emlash stansiyasiga aylantirildi. Yaponiya bosh vaziri dekabr oyidan revaksinatsiya boshlanishini e’lon qildi, shu orqali mamlakat qishda virusning qayta tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikni rejalashtirgan.

Foto: Getty Images

18-oktabr. Hindistonning Bangalor shahrida talabalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. 

Foto: EPA

21-oktabr. Avstraliyaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahrida qat’iy karantin bekor qilindi. Melburnda lokdaunlar 2020-yilning mart oyidan joriy qilinishni boshlagan. Hammasi bo‘lib, shahar aholisi jami to‘qqiz oy davom etgan oltita lokdaunni o‘tkazdi. Shunday qilib, Melburn dunyodagi eng uzoq qat’iy cheklovlarni saqlab qolish bo‘yicha rekordni yangiladi.

Foto: EPA

27-oktabr. Peruda COVID-19 dan vafot etganlar soni aholi soniga nisbatan eng yuqori. Mamlakatda o‘lim darajasi 1 million kishiga 5987 holatni tashkil qiladi. Suratda: Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan Titikaka ko‘li yaqinidagi Puno hududi aholisini vaksinatsiyadan o‘tkazish jarayoni

Foto: AP Photo

11-dekabr. Braziliya hukumati besh yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer bilan emlashni ma’qulladi,  mamlakatda COVID-19 dan bolalar o‘limining yuqoriligi bunga sabab bo‘lgan.

Foto: AP Photo