Daryo

Narzullo Oblomurodov Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi

Qonunchilik palatasi deputatlari uning nomzodini ma’qullagan

1 daqiqa o‘qish69 968 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 30-dekabr kuni palataning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda deputatlar mazkur lavozimga Oblomurodov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, Narzullo Oblomurodov 2021-yil fevral oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangandi. Keyinchalik u prezidentlik saylovida Ekopartiyadan nomzod sifatida tasdiqlangan. 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda u 670 ming 641 ta ovoz bilan 4-o‘rinni egallagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar