Fotogalereya: Dunyoning eng nufuzli ayollari Forbes reytingining asosiy o‘nligiga kimlar kirdi?
32584
Hafta boshida Forbes jurnali har yili taqdim etishi an’anaga kirgan dunyoning 100 nafar eng nufuzli ayollari reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatni Amazon asoschisi Jef Bezosning sobiq rafiqasi va jahonning eng boy ayollaridan biri Makkenzi Skott boshqarmoqda.
1-o‘rin yozuvchi Makkenzi SkottFoto: AP Photo
Avval ushbu reytingda 11 yil davomida Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel yetakchilik qilgan. “Kommersant” Forbes reytingida kuchli o‘nlikka kirgan taniqli ayollar fotogalereyasini tuzgan.
2-o‘rin AQSh vitse prezidenti Kamala XarrisFoto: AP Photo
3-o‘rin Yevropa markaziy banki rahbari Kristin LagardFoto: Reuters
4-o‘rin General Motors Company bosh direktori Merri BarraFoto: Reuters
5-o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi filantrop, Melinda GeytsFoto: Reuters
6-o‘rin Fidelity Investments investitsiya kompaniyasi bosh direktori Ebigayl JonsonFoto: Reuters
7-o‘rin Santander moliyaviy-kredit guruhi direktorlar kengashi raisi Ana Patrisiya BotinFoto: Reuters
8-o‘rin Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der LyayenFoto: Reuters
9-o‘rin Tayvan administratsiyasi rahbari Say InvenFoto: Reuters
10-o‘rin Accenture bosh direktori Juli SvitFoto: Reuters2020-yilda Forbes’ning eng nufuzli ayollar reytingida yuqori uchlikdan Merkel, Lagard va Harris joy olgan. Shuningdek, o‘tgan yili Finencial Times gazetasi ham o‘z talqini bo‘yicha eng nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qilgan: unga inqirozga qarshi kurashgan va hozirgi davrdagi muhim muammolarga e’tibor qaratgan 12 ayol kiritilgan. Mazkur reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya bosh vaziri Zasinda Arden egallagan.