Daryo

Samarqanddagi yelim ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Qariyb 3 soat davom etgan yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan

1 daqiqa o‘qish33 312 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 16-noyabr kuni yelim ishlab chiqarish sexi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12:44 da tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Nazar” mahallasida joylashgan Chinlateks MCHJ hududidagi kley ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida sexning taxminan 400 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki qismida yelim mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshidagi bank shoxobchasida yong‘in yuz bergani xabar qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar