Daryo

Namanganda bir-biriga qo‘shni ikki uyda yong‘in chiqdi (video)

Yong‘in oqibatida uyning shift va tom qismidan 200 kvadrat metr joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari va uy egasiga tegishli hujjatlar yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish26 924 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida bir-biriga qo‘shni ikki uyda chiqqan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 29-noyabr kuni soat 03:30 larda tumanning Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Shaxidon” MFYdagi 48-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Unga asosan soat 03:37 da To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 03:40 da yong‘in joyi o‘rab olingan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 200 kvadrat metr joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlar hamda qo‘shni xo‘jalik uyining tom qismidan 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Tezkor harakat natijasida yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 300 kvadrat metr joy saqlab qolingan.

Avvalroq Toshkentdagi korxona yotoqxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi jarohat olgani, Namanganda ikki kun ichida oltita xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani, Namanganda bir-biriga tutash 4 ta uyda yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar