• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston biznes hamjamiyatida “halollik” joriy etiladi

    30-noyabr kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” biznes forumida mamlakatdagi biznes vakillari faoliyati uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar yuzasidan o‘zaro muloqot qilindi, deb xabar beradi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Ma’lum qilinishicha, biznes va tadbirkorlik sohasidagi yangi muhim hujjat — “O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi” forumning asosiy mavzusi bo‘lgan.

    Mazkur Xartiya BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Xartiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tasdiqlangan.

    Hujjat 43 ta vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida qator muhokamalardan o‘tkazilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar, MDH davlatlari, Fransiya, Ruminiya, Gruziya va AQSh kabi mamlakatlarning xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarni joriy etish borasidagi tajribasi o‘rganilgan.

    Qayd etilishicha, hujjat tadbirkorlik subyektining moliyaviy faoliyatini boshqarish, shartnoma munosabatlari, kadrlarni tanlash va o‘qitish, ichki intizom va qonuniylikni mustahkamlash, davlat xaridlari kabi muhim yo‘nalishlarda korrupsiya xavflarining oldini olishga qaratilgan kompleks choralarni o‘z ichiga olgan.

    Mutaxassislar fikricha, mazkur hujjat normalarining amaliyotga tatbiq etilishi xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, “halol” tadbikorlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish imkonini beradi.

    Forumda, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a’zoligiga qo‘shilish va yagona Reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom xususida ham batafsil ma’lumot berilgan.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Ushbu hujjat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan. Nizomda tadbirkorlik subyektlari tomonidan Xartiyaga qo‘shilish, ma’lumotlarni elektron “yagona reyestr”da aks ettirish va reyestrdan chiqarish tartibi aniq belgilab berilgan.

    Reyestrni yuritishga Savdo-sanoat palatasi mas’ul etib belgilanib, korrupsiyaga qarshi choralarni samarali joriy etgan tadbirkorlik subyektlariga sertifikat topshirish yo‘lga qo‘yilgan.

    Tadbirda ishtirok etgan xalqaro ekspertlar, jumladan, Global Risk Alliance kompaniyasi direktori A.Tosh (Buyuk Britaniya), KPMG Rossiya va MDH Xavflarni boshqarish bo‘yicha konsalting departamenti direktori I.Burdikova (Rossiya) O‘zbekistonda xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mazkur hujjatning qabul qilinishini ijobiy baholagan.

    Forum doirasida tadbirkorlik subyektlari hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, tavsiyalar asosida xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga doir amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

    Bundan avval O‘zbekistonda korrupsionerlar “qora ro‘yxati” shakllantirilishi va ushbu ro‘yxatga tushgan shaxslar qator huquqlardan mahrum etilishi haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda oliy ta’lim va qurilishni korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi
    • O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

    01.12.2021, 22:28   Izoh (0)   24807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni ta’sis etildi

    01.12.2021, 21:55

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi

    01.12.2021, 21:06

    Qo‘yliqdagi yo‘l o‘tkazgichni ta’mirlashda eski armaturalar ishlatilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

    01.12.2021, 20:57

    Sirdaryodagi mahallalarda yangiliklarni radiouzel orqali berib borish yo‘lga qo‘yildi

    01.12.2021, 20:37

    Toshkentda 14 yoshli bola o‘zganing Damas’ini olib qochayotganida egasi uni tutib oldi

    01.12.2021, 20:21

    Facebook Shavkat Mirziyoyevga platforma uzluksiz ishlashini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi

    01.12.2021, 20:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.