So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    Qiyin ahvolda qolgan muxlislariga yordam qo‘lini cho‘zgan mashhurlar

    24.11.2021, 21:42 29270

    Butun qalbi bilan sevadigan odamlarga yordam berishdan ko‘ra yoqimliroq narsa bo‘lmasa kerak. Mashhurlarning ko‘pchiligi yulduzlik kasaliga chalinib, bor e’tiborni o‘z “men”iga qaratgan bo‘lsa-da, ularning orasida muxlislari taqdiriga befarq bo‘lmagan, ularga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘lgan taniqli shaxslar ham bor. 

    Rayan Reynolds

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    2020-yil noyabr oyida kanadalik aktyor tug‘ilgan kunidan oldin do‘st topishga ulgurmasligidan xavotirda bo‘lgan 9 yoshli muxlisini hayratda qoldirdi. Yangi shaharga endigina ko‘chib kelgan bolaning ota-onasi Facebook orqali g‘amxo‘r odamlardan tabriknomalar so‘rab, o‘g‘li uchun maxsus kun tashkil etishga qaror qildi. Yaxshiyamki, ta’sirchan iltimos Rayanning e’tiborini tortdi va u, bolaning tug‘ilgani kuni uchun tabrik videosini oldi: “Sizning hikoyangiz menga juda yaqin, chunki men ham bir marta yangi maktabga o‘tganman. Men o‘zimni yolg‘iz va ko‘rinmasdek his qilganimni eslayman. Ammo siz yolg‘iz emasligingizni yodda tutishingiz kerak ”, – deydi aktyor.

    Jeyson Momoa

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    2020-yil noyabr oyida “Taxtlar o‘yini” yulduzi bir necha yillardan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgan yosh muxlis bilan video aloqa orqali uchrashdi va hatto suhbatlashdi: “Men Instagram'dagi jamoaga, do‘stlarim va oilamga  saraton kasalligiga chalingan va kimyoterapiyadan o‘tayotgan Denni bilan tanishtirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Men uning videosini internetda ko‘rdim va uni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman”, – deydi aktyor. Shuningdek, Jeyson Momoa jamoatchilikni GoFundMe xayriya platformasi orqali Denniga yordam berishga chaqirgan va hatto Warner Bros. kompniyasidan Akvamenning nayzasini kasal muxlisiga yuborishni so‘ragan.

    Offset

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    2020-yil noyabr oyida Migos guruhi a’zosi Atlantadagi uchta saylov uchastkasiga tashrif buyurib, prezidentlik saylovlarida ovoz berish navbatini bir necha soat kutganlarga oziq-ovqat tarqatdi. Shuningdek, Offset yordamga muhtoj amerikaliklarga yordam berish uchun The Linkoln Project va AXSD Media bilan hamkorlik qiladi.

    Garri Stayls

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    O‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar, albatta, qanday ajablantirishni biladi. Xonanda 2020-yil oktabr oyida samimiy xabari bilan ayol muxlislaridan birini hayratda qoldirdi. “Ko‘changizda mashinam buzilib qoldi, otangiz bir piyola choy ichib, avtoservisni kutishimga ruxsat berdi. Siz bilan uchrashishga ulgurmaganimdan juda afsusdaman. Shuning uchun tez orada qayta uchrashishni intiqlik bilan kutaman. Odamlarga mehribon bo‘lishda davom eting. Hurmat bilan Garri”, deya imzo chekdi xonanda. Keyinchalik u ijtimoiy tarmoqlarda muxlisining oltin baliqlarni ovqatlantirgani aks etgan surati bo‘lishdi.

    Kianu Rivz

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Aktyor 2019-yil iyul oyida muxlislar bilan uchrashish va suratga tushish uchun mashinasini to‘xtatib, luizianalik oilani hayratda qoldirdi. “Biz uning ko‘chamizda suratga tushayotganini bilardik, shuning uchun o‘g‘lim bizning peshtaxtamizga maxsus “Sen ajoyibsan” yozuvini o‘rnatishni taklif qildi. Tasavvur qiling-a, u haqiqatan ham to‘xtadi!”, – deb yozadi Steysi Xant Twitter’da.

    Kayli Jenner

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    2018-yil may oyida Kylie Cosmetics asoschisi o‘zining eng sodiq muxlisi Jonni Sayrusning tug‘ilgan kuniga o‘ziga xos sovg‘a berdi. Kayli Jenner mezbonlik qiladigan har bir tadbirga muntazam ravishda tashrif buyuradigan muxlisi hatto uning sharafiga tatuirovka ham qildirgan. U tug‘ilgan kuniga yosh tadbirkordan 2000 dollarni tashkil etgan Louis Vuitton Apollon monogrammasi tushirilgan ryukzak oldi.

    Drake

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Drake yurak transplantatsiyasi qilingan bemorning video so‘roviga javob bergan Sofiya Sanchesni bir umr eslab qolishi tabiiy. U hazillashib, ijtimoiy tarmoq orqali reperga murojaat qilib, Chikagodagi bolalar kasalxonasiga tashrif buyurishni iltimos qildi. 2018-yil avgust oyida xonanda Sofiyaning palatasiga kirishdan oldin “Siz kelishimni so‘ragan edingiz, endi men shu yerdaman”, – dedi. Bolalik orzularni ro‘yobga chiqarishda o‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar mana shunday bo‘ladi.

    Teylor Svift

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Svift o‘z tinglovchilarini shunchalik yaxshi ko‘radiki, u nafaqat ular uchun shirinliklar pishiradi, sovg‘alar yuboradi, balki ularning har biriga shaxsan yordam berishga harakat qiladi. Xonanda komaga tushib qolgan onasining tibbiy to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan Sadi Bartell ismli muxlisiga yordam qo‘lini cho‘zishga muvaffaq bo‘ldi. Grammy mukofoti sovrindori GoFundMe platformasi orqali 15 500 dollar xayriya qildi. “Bugun Teylor mening oilam haqidagi hikoyani internetda o‘qib chiqdi va o‘zining mehribonligi tufayli bizga katta miqdorda pul xayriya qildi. U qorong‘i yo‘lak oxiridagi yorug‘lik va haqiqatan ham men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi hodisa”,- deb yozgan Bartell 2018-yil oktabr oyida o‘zining Facebook profilida.

    Nikki Minaj

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    2017-yil may oyida xonanda 30 dan ortiq muxlislariga kollej uchun pul to‘lash va talabalar stipendiyalarini taqdim etish uchun yordam taklif qildi.

    Zak Efron

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Eng zo‘r shoumen” filmidagi aktyor o‘z muxlisining suratga olish maydonchasida telefonini sindirib qo‘ydi. Aktyor muxlisini bo‘sh qo‘l bilan ketishiga ruxsat bermadi va unga yangi telefon olib berishga qaror qildi.

    Mavzuga doir:

    •  Onasini eng yaqin do‘sti deb hisoblaydigan yulduzlar (foto)
    • Do‘stligi vaqt sinovidan o‘tgan mashhurlar (foto)
    • Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay, hamyonbop brendlardan kiyinadigan mashhur ayollar (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    O‘zbekistonda pensiya sohasida ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

    Bugun, 09:05

    Farg‘onada 83 dona toshbaqani qo‘shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

    Bugun, 08:43

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?