• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Alohida xonasi tugul, hatto o‘z karavoti bo‘lmagan, otasi tomonidan ishlashga majburlangan “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni — Makoley Kalkin hayoti haqida

    “Uyda yolg‘iz” (Home Alone) millionlab tomoshabinlarning Yangi yil bayrami arafasida intiqlik bilan kutadigan filmlaridan biridir. Tan olish kerakki, Makoley Kalkin ijrosidagi ayyor bola yovuz niyatli odamlarning qanday qilib ta’zirini berishini tomosha qilish odamga zavq bag‘ishlaydi. Umuman olganda, aktyorning hayoti film sujeti kabi yorqin va havas qilarlik bo‘lmagan — Kevin roli unga misli ko‘rilmagan shon-shuhrat olib keldi, ammo hayot sinovlari yosh aktyorni turli chig‘iriqlardan o‘tkazdi.

    Makoleyning ruhiy tushkunlikka tushgan payti, giyohvandlikni yengib o‘tishi, yana to‘laqonli hayot kechirishga muvaffaq bo‘lgani haqida AdMe nashri tayyorlagan maqolani tarjima tariqasida e’tiboringizga havola etamiz.

    Makoley Kalkin otasi Kit bilan

    Makoley Kalkin otasi Kit bilan
    Foto: East News

    Makoleyning karyerasi “Uyda yolg‘iz” komediyasidan boshlanmagan. Bundan tashqari, Kevin roli uning filmografiyasidagi birinchi asosiy roli ham emas: u ilk marta “Bak amaki” filmida rol ijro etgan. O‘shanda Kalkin 8 yosh bo‘lgan.

    Uning otasi bir vaqtlar Brodveyda aktyor bo‘lgan, lekin farzandlari tug‘ilganda u allaqachon teatrdagi ishidan ketgandi. Makoleyning oilasi doimiy yetishmovchilikda yashagan: otasi mahalliy cherkovda ponomar (pravoslav cherkovida quyi darajadagi ruhoniy), onasi esa telefon operatori bo‘lib ishlagan.

    Kevin Makkallister roli kastingga kelgan boshqa bolaga nasib qilishi mumkin edi. Agar u filmda rol ijro etganida, Kevin qora sochli bola bo‘lardi (Jon Maleni ismli yosh aktyor qora soch bo‘lgan), balki Makoleyning hayoti ham butunlay boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. Ammo “Bak amaki” filmidagi tajribasi tufayli bu rolni Kalkin qo‘lga kiritdi.

    Foto: Universal Studios

    “Uyda yolg‘iz” filmining birinchi qismi Makoleyga “Bosh roldagi eng yaxshi yosh aktyor” mukofoti va 110 ming dollar gonorar olib keldi. Taqqoslash uchun: filmning davomi suratga olingandan keyin aktyor 4,5 million dollar ishlab topgan.

    Albatta, bularning hammasiga Makoley osonlikcha erishmagan. Aktyorning aytishicha, u shunchaki dam olishni, umrida birinchi marta yozgi ta’tilga chiqishni xohlagan. Ota-onasi bilan birga yashaydigan uyda alohida xona u yoqda tursin, hatto o‘z karavoti ham bo‘lmagan. “Dadamning qirollarga xos keng karavoti va katta ekranli televizori bor edi, men esa divanda uxlardim”, — deydi Kalkin intervyularining birida.

    Foto: East News

    Shon-shuhrati eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilganda Kalkin dunyodagi eng mashhur bolalardan biri edi — “100 nafar eng buyuk yulduz-bolalar” ro‘yxatida u 2-o‘rinni egalladi.

    Aktyorning otasi Kit Kalkin o‘g‘lini doimo nazorat ostida ushlagan. Onasi esa qolgan bolalari bilan uyda qolgan. Kit Makoley bilan suratga olish maydonchalariga borar, aynan u yosh yulduzning karyerasini boshqarardi. Makoleyning eslashicha, ba’zan shunday paytlar bo‘lganki, otasi unga tunda uxlashiga ruxsat bermagan. O‘g‘lini ertasi kuni kamera qarshisida aytishi kerak bo‘lgan jumlalarni yodlashga majburlagan.

    Makoley 13 yoshda. Bu uning bolalikdagi so‘nggi rollaridan biri — “Otam bilan tenglashib” filmidagi roli.

    Makoley 13 yoshda. Bu uning bolalikdagi so‘nggi rollaridan biri — “Otam bilan tenglashib” filmidagi roli.
    Foto: East News

    1994-yilda Makoley o‘zining so‘nggi filmida rol o‘ynadi, keyin kinodagi ishini tashladi. U o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirmoqchi edi, chunki ishi tufayli u ta’limdan ketishga majbur bo‘lgandi. O‘sha vaqtgacha esa, ya’ni so‘nggi 7 yil ichida u 15 ta filmda rol o‘ynadi — har qanday katta yoshli aktyor ham bunday tig‘iz ish jadvaliga dosh bera olmasdi.

    “Uyda yolg‘iz”dan keyingi filmlari esa ko‘plab tanqidlarga uchradi. Ayniqsa, “Mehribon o‘g‘il” filmi omadsizlikka yuz tutdi — aktyorning hammaga tanish ampulasini o‘zgartirishga bo‘lgan urinishi tomoshabinlar tomonidan juda yomon qabul qilindi.

    Foto: East News

    Makoley filmlarda suratga tushishni to‘xtatganidan ko‘p o‘tmay, ota-onasi ajrashishdi va o‘g‘lining vasiyligi bo‘yicha sud ishi boshlandi. Makoley ulardan birini tanlash o‘rniga sud orqali ikkalasining ham vasiyligidan voz kechdi. Sud jarayoni 2 yil davom etdi, natijada u ota-onasining ism-sharifini o‘ziga tegishli jamg‘armadan o‘chirib tashladi, o‘ziga moliyaviy holatini nazorat qiladigan boshqa bir mutaxassis yolladi. Kit hatto bunga norozilik ham bildirmadi va oilasi hayotidan g‘oyib bo‘ldi. Boshqa farzandlar esa onasi bilan qoldi.

    Makoley voyaga yetguniga qadar qancha pul ishlaganini ham bilmas edi. Ota-onasi u shartnomalarning barcha tafsilotlaridan xabar topmasligi uchun yaxshigina harakat qilishgandi. “18 ga to‘lganimda hisobchi meni o‘z kabinetiga chaqirdi. Oldimga bir parcha qog‘oz qo‘yib, daromadim haqida gap boshladi. Bu juda g‘alati edi: go‘yo qandaydir kichkina bola yaxshigina mehnat qilgan-u, men uning barcha pullarini noma’lum tarzda meros qilib olganga o‘xshardim”, — deb eslaydi Kalkin.

    Makolaey Kalkin birinchi xotini Reychel Mayner bilan

    Makolaey Kalkin birinchi xotini Reychel Mayner bilan
    Foto: East News

    Makoley birinchi marta 1998-yilda turmush qurdi. O‘sha paytda u ham, qallig‘i ham 18 yoshda edi. Uning sevgilisi Reychel Mayner ham aktrisa edi, ammo bu nikoh uzoq davom etmadi: 2000-yilda er-xotin alohida yashay boshlashdi, yana 2 yildan keyin ular rasman ajrashishdi.

    2002-yilda Kalkin aktrisa Mila Kunis bilan uchrashishni boshladi. Ularning sevgisi 8 yil davom etdi, bu vaqt davomida juftlik haqiqatan ham munosabatlari haqida e’lon qilishmadi. Garchi Mila mashhur odam bilan uchrashganda munosabatlarni sir saqlash oson emasligini tan olgan bo‘lsa-da: Makoleyning muxlislari aktyorni ko‘chada boshqa bir qiz bilan ko‘rganda qo‘pol munosabatda bo‘lishdi. “Ajralish ikkala tomon uchun ham qiyin bo‘lgan”, — deb eslaydi aktrisa.

    Kalkin aktrisa Mila Kunis bilan

    Kalkin aktrisa Mila Kunis bilan
    Foto: Getty Images

    2000-yilda Kalkin aktyorlik faoliyatiga qaytishga harakat qildi, spektakl va bir nechta filmlarda ikkinchi darajali rollarda paydo bo‘ldi. Uning ba’zi ijrolari yaxshi baholandi, ammo Makoleyning iste’dodiga qaramay, hech bir film “Uyda yolg‘iz” kabi shon-shuhratga sazovor bo‘lmagan. 2000-yildan 2019-yilgacha Kalkin atigi 6 ta filmda suratga tushgan. Shundan so‘ng kino uning hayotida ikkinchi planga tushib qoldi.

    2000-yillarning o‘rtalarida Makoley muammoga duch keldi va hatto sudga chaqirildi, ammo jarima va shartli qamoq jazosi bilan qutulib qoldi. Bundan biroz oldin, 2000-yilda u o‘gay singlisidan ayrildi, bir necha yil o‘tib aktyorning tug‘ishgan singlisi ham olamdan o‘tdi.

    Chapdagi surat huquqbuzarlikdan keyin politsiya bo‘limida olingan, aktyor bu yerda 24 yoshda. O‘ngdagi surat, taxminan, olti oydan keyin.

    Chapdagi surat huquqbuzarlikdan keyin politsiya bo‘limida olingan, aktyor bu yerda 24 yoshda. O‘ngdagi surat, taxminan, olti oydan keyin.
    Foto: East News

    Bugungi kunda aktyor kamdan kam hollarda intervyu beradi va shaxsiy hayotini muhokama qilishni yoqtirmaydi. Albatta, uni tushunish mumkin: Makoley yoshligida mashhurlikdan bezor bo‘lgan. Shu sababli ham hayotining qorong‘i davri faqat ommaviy axborot vositalari va fotosuratlar bilangina muhokama qilinishi mumkin, o‘zi esa giyohvandligi yoki o‘tmishdagi munosabatlari haqida gapirishni istamaydi. U diqqatini hozirgi kunga qaratishga harakat qiladi, ba’zida hayotning oddiy quvonchlari haqida so‘z ochadi — sevimli uy jonivorlari yoki sevgilisi nonni qanday mazali pishirishi haqida.

    2013-yilda u The Pizza Underground parodiya rok guruhiga asos solgan, biroq uning musiqiy karyerasi garchi hazil sifatida boshlangan bo‘lsa ham, yaxshi natija bermadi: shoularning birida tomoshabinlar norozi bo‘lib, undan sahnani tark etishni talab qilishgan.

    2018-yilda Makoley Google Assistant reklamasida suratga tushdi: reklamada Uyda yolg‘iz” filmidagi o‘zi ijro etgan sahnalarni takrorladi. Reklama internetda shiddat bilan tarqaldi – video YouTube’da deyarli 5 million marta ko‘rildi.

    Foto: Art & Science

    Kalkin o‘zining hozirgi hayoti haqida jar solmasa-da, nihoyat uning ishlari joyida deb aytish mumkin. Makoley o‘z qo‘li bilan qurgan yo‘lakchali uyda qiz do‘sti Brenda Song bilan birga yashaydi. Ularning mushuklari ham bor. Sevishganlar bir xil pijama kiyishadi, 2021-yilda ular o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. “Odamlar uning qanchalik mehribon, sodiq, muloyim va aqlli ekanligini bilmaydi, — deydi Brenda. — Makning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘zidan uyalmaydi. U aslida kimligini biladi va bundan yuz foiz mamnun”.

    Foto: Getty Images

    2021-yilda Kalkin “Amerikaning dahshatli hikoyalari” (American Horror Story) mashhur serialini suratga olish jarayonlarida ishtirok etdi. U 10-mavsumda bosh rollardan birini o‘ynadi va uning ijrosi hozirdanoq yuqori baholandi.

    Makoley “Amerikaning dahshatli hikoyalari” serialida

    Makoley “Amerikaning dahshatli hikoyalari” serialida
    Foto: FX / Networks

    So‘nggi yillarda Makoley avvalgidek e’tibor markazida emas. Ammo yaqinda u kutilmaganda Gucci moda ko‘rgazmasida paydo bo‘lib, jamoatchilikni hayajonga soldi. U 41 yoshida ham juda yaxshi ko‘rinishda, ishlari ham yaxshi ketayotganga o‘xshaydi.

    “Ha, men uyda o‘tirishni yaxshi ko‘radigan odamman, — deydi u. — Mening uyim 2 ta sobiq yulduz-bolalar yashaydigan joy. Birimiz hali ham qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz, ikkinchimiz esa hayotdan zavqlanishni xohlaydi”.

    Foto: East News

    Hozirda Makoley juda baxtli hayot kechirmoqda. Albatta, u ham hech kimnikiga o‘xshamagan, sokin oilaviy baxtga loyiq.

    Mavzuga doir: 

    • “Uyda yolg‘iz” 31 yoshda: Qanday qilib tasodifiy sujet va Warner’ning xatosi dunyo tomoshabinlariga Yangi yil ramziga aylangan filmni hadya etgan?
    • Makoley Kalkin o‘zining “Uyda yolg‘iz” remeykiga qaytishi to‘g‘risida tarqalgan savollarga javob berdi
    • “Uyda yolg‘iz” remeykining birinchi treyleri paydo bo‘ldi (video)
    • Britni Spirs, Makoley Kalkin va ota-onasi bilan sudlashgan boshqa yulduzlar (foto)

    23.11.2021, 18:20   Izoh (0)   36665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Parodist Rustamxo‘ja uylandi, Parizoda to‘yda yiqilib tushdi, Rayhon oilasining yangi a’zosi

    22.11.2021, 22:26

    Kim Kardashyan, Xeyli Biber va boshqa mashhurlar qaysi mahsulotlarni yoqtirmaydi?

    22.11.2021, 19:25

    “Nort”dan “Qora beva”gacha: amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 37 yoshda

    22.11.2021, 15:38

    Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    22.11.2021, 12:05

    “Men do‘zaxning barcha olovlarini bosib o‘tdim”: O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)

    21.11.2021, 21:47

    “Odamlar aytishga odatlanib qolgan ‘o‘yinchi’ emasman”. Kasbidan or qilmaydigan balet raqqosi Ulug‘bek Olimov bilan intervyu

    21.11.2021, 18:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 10 may, 16:18

    “O‘tgan yili 326 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan”—Mehriddin Abdullayev

    O‘zbekiston | 10 may, 16:15

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50

    “Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

    Dunyo | 10 may, 15:20

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00

    Yuzga nafis yaltirash beruvchi xaylayterni to‘g‘ri qo‘llashning 5 usuli

    Layfstayl | 10 may, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.