Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bundan buyon, kadastr hujjati bo‘lgan bog‘, tokzor va issiqxonalar oldi-sotdi shartnomasi asosida boshqa shaxsga o‘tkazilganda yangi mulkdorga yerga bo‘lgan ijara huquqi ham o‘tadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida xabar qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Kadastr hujjati bo‘lgan bog‘, tokzor va issiqxonalar oldi-sotdi asosida boshqa shaxsga o‘tganda unga ijara huquqi ham o‘tadi. Yana bir masala — bugungi kunda 5,5 ming gektar yaroqsiz bog‘lar va 2,5 ming gektar tokzorlar, yana bir qancha samarasiz issiqxonalar mavjud. Ushbu bog‘, tokzor va issiqxonalarga tajribasi bor tadbirkorlarni jalb qilish zarur”, — dedi prezident.
Qayd etilishicha, viloyat hokimlariga Bog‘dorchilik agentligi bilan birga bir oy muddatda yerdan oqilona foydalanmayotgan, kreditdan qarzi bor bog‘, tokzor va issiqxonalarni xatlovdan o‘tkazib, ularga kadastr hujjatlarini tayyorlashga ko‘maklashish, tajribali tadbirkorlarni aniqlab, loyihalarni boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi