22-noyabr kuni olingan eng sara suratlarni taqdim etamiz.
Kosplayer Nyu-Yorkdagi Jeykob Javist anjumanlar markazida Anime NYC ko‘rgazmasini tark etmoqda.
Foto: AFP
Boris Jonson CBI yillik konferensiyasida nutq so‘zlaganidan keyin jo‘nab ketayotgan yangi elektr avtobusini ko‘zdan kechirdi.
Foto: PA
Puerto-rikolik qo‘shiqchi Bad Bunni Los-Anjelesdagi American Music Awards marosimida sahnada chiqish qilmoqda.
Foto: AFP
Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatidagi Dana shahridagi Bardoli lagerida gulxan atrofida to‘plangan bolalar.
Foto: AFP
Mavzuga doir: Litva chegaradagi mojaro bo‘yicha Belarus bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Urugvayda o‘tgan ayollar o‘rtasidagi Libertadores kubogi finalida Braziliyaning “Korintians” jamoasi Kolumbiyaning “Santa Fe” jamoasini mag‘lub etganidan keyin stadion tomoniga qarab turgan qizlar.
Foto: AFP
Mavzuga doir: FIFA The Best—2021 sovriniga da’vogar futbolchi va murabbiylar ro‘yxatini e’lon qilindi
Qozonda koronavirus pandemiyasi paytida tibbiy niqob kiyib olgan avtobus yo‘lovchilari.
Foto: Reuters
Niderlandiyadagi tartibsizliklardan so‘ng singan avtobus bekatidagi oyna. Hukumat cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlaridan so‘ng odamlar hududda tartibsizlik uyushtirib bir qancha joyga zarar yetkazdi.
Foto: EPA
Filippindagi bir nechta qamoqxonalarda mahbuslar binoning sig‘imidan besh baravar ko‘paydi. Suratda: Maniladagi qamoqxona kameralaridagi mahbuslar.
Foto: EPA
Gvatemalaning Monterriko plyajida yaqinda tug‘ilgan dengiz toshbaqalari okeanga qo‘yib yuborildi.
Foto: EPA
Buyuk Britaniyaning Donna Nuk milliy yovvoyi tabiat qo‘riqxonasidagi kulrang tyulenlar.
Foto: Getty Images
Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga yomg‘ir va qorli siklon “urildi”. Mintaqada bo‘ron haqida ogohlantirish mavjud. Rasmiylar aholiga uylarini tark etmaslikni, ish beruvchilarga esa xodimlarni uylarida ishlashlariga ruxsat berishini tavsiya qildi. Shuningdek, maktablarda darslar bekor qilingan. Siklon bir qancha munitsipalitetlarda elektr ta’minotini uzib qo‘ygan. 1,7 mingdan ortiq odam chiroqsiz qoldi. Vladivostokda esa sirpanchiq yo‘llar tufayli bir necha kishi jabrlandi.
Foto: “TASS”
Bryusselning minglab aholisi COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlar kuchaytirilishiga norozilik bildirish uchun namoyishga chiqdi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Otaturkning po‘lat haykali, 30 dollarga sotilgan san’at asari, lyuks xonada dam olayotgan kurkalar. 19-noyabr suratlari
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- “Tolibon” harbiy paradi, yuk mashinalarining 30 kilometrlik tirbandligi, migrantlarning ag‘darilgan kemasi. 15-noyabr suratlari
- Toshkentdagi xazonrezgilik, havodagi yoga, dengizdagi shaxmat o‘yini. 12-noyabr suratlari
- Bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazayotgan falastinliklar, dadasi bilan qor o‘ynayotgan qizcha, Sfinks bilan suratga tushgan shahzoda va malika. Hafta suratlari