O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishiga ta’sir o‘tkazgan holda, 3 milliard dollarga yaqin zarar yetkazadi. Bu haqda 22-noyabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan birgalikda o‘tkazgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
“Tabiiy ofatlarga javob choralarini kuchaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish” mavzusidagi ushbu davra subatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” vakillari, iqtisodiyotni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etgan.
Unda iqlim o‘zgarishiga moslashishni rejalashtirishda bugungi kundagi holat va o‘sish jarayonlari, barcha sektorlarda chidamlilikni oshirishda hukumat rejalari, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish, tabiiy ofatlarga moslashish va ularga javob berish uchun davlat investitsiyalari masalalarini muhokama qilingan.
Prognozlarga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlar, ayniqsa qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YaIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin va kuchli qurg‘oqchilik ham xuddi shunday jiddiy iqtisodiy ta’sirga ega bo‘ladi.
“Biz iqlim ssenariylarini va kelajakdagi o‘zgarishlarning iqlim prognozlarini tuzadigan modellarining prognozlari u mamlakatimizda qanday rivojlanishi hamda iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun bajarilgan ishlarga bog‘langan holda kelgusi asrda vaziyatga qarab harorat yana 1,5 va 3 darajaga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatadi”, — degan “O‘zgidromet”ning loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Natalya Agaltseva.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Yashil texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qoriyevning ta’kidlashicha, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish xavf-xatarlarga duchor bo‘lishni kamaytirish, jismoniy ta’sirlarni yumshatish hamda odamlar va davlat moliyasini tabiiy ofatlarning eng yomon ta’siridan himoya qilish uchun kompleks investitsiyalar dasturi va institutsional islohotlarni talab qiladi.
Izoh (0)