Daryo

Toshkentning Labzak hududidagi yo‘lning qatnov qismiga daraxt qulab tushdi

Daraxt Matiz avtomobilining old qismiga zarar yetkazgan

1 daqiqa o‘qish58 622 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

17-noyabr tongida Toshkentning Labzak mavzesi hududida daraxt yo‘lning qatnov qismiga qulab, Matiz avtomobilining old qismiga zarar yetkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan. Jarohat olganlar yo‘q. Daraxt avtomobilning old qismini shikastlagan.

Foto: “Gazeta.uz”

Daraxt ko‘chaning yarmini to‘sib qo‘ygan, mashinalar uni aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“Kechasi shaharda yomg‘ir yog‘di, keyin u qorga aylandi. Daraxt namlikning og‘irligi ostida singan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Qarshi shahrida chirigan daraxt Damas’ni bosib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent markazida kuchli shamol oqibatida Malibu ustiga daraxt quladi. Haydovchi qiz jarohat olgani aytilmoqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar