Daryo

Foto: Qarshi shahrida chirigan daraxt Damas’ni bosib qoldi

Ma’lumot berilishicha, voqea ro‘y bergan paytda avtomobilda hech kim bo‘lmagan. Damas’ning tom qismiga zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish37 576 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sohib Vaitov

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarning biri oldida chirigan daraxt Damas avtomobilini bosib qoldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov xabar berdi.

Foto: Sohib Vaitov

Ma’lumot berilishicha, voqea bugun, 4-sentabr kuni soat 13:20 da sodir bo‘lgan.

Foto: Sohib Vaitov

“Bugun, taxminan soat 13:20 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar ‘Mustaqillik’ MFY 19-uyning oldida to‘xtab turgan Damas rusumli yengil avtomobil ustiga daraxt qulab tushgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 13:30 da yetib borib, holatni qisqa vaqt ichida bartaraf etgan”, — deydi Sohib Vaitov.

Foto: Sohib Vaitov

Qo‘shimcha qilinishicha, voqea ro‘y bergan paytda avtomobilda hech kim bo‘lmagan. Damas’ning tom qismiga zarar yetgan.

Foto: Sohib Vaitov
Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar