Daryo

O‘zbekistonda hafta boshlarida qor yog‘ishi mumkin

Respublikaning barcha hududlarida 17-noyabr kuni yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lib, qorga aylanadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish70 188 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 15-noyabr, dushanba kuni kunduzi respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 10-13 darajagacha iliq bo‘ladi.

16-noyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17—18-noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16—17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16-noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi va harorat 2-5 darajagacha pasayadi.

17-noyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, qorga aylanadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 5-8 darajagacha sovuq, kunduz kuni 0-3 darajagacha pasayadi.

18—19-noyabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida 18-noyabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Harorat kechalari 5-8 darajagacha sovuq, shimolda 12-15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuq atrofida saqlanib turadi.

“O‘zgidromet” hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishi haqida avval ham ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Video: Qamchiq dovonida yog‘ayotgan qor

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar