Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Afg‘oniston hukumati BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR)ning Termizdagi insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bermagan. Bu haqda UNHCR vakili “Gazeta.uz”ga ma’lum qilgan.

Foto: Twitter / UNHCR Central Asia

Eslatib o‘tamiz, BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Termiz shahrida asosiy logistika markazini ochgandi. Oktabr oyi o‘rtalarida ushbu logistika markaziga BMT Qochqinlar ishi bo‘yicha boshqarmasining Afg‘onistonga atalgan 100 tonnalik insonparvarlik yordami olib kelingan edi. Ushbu gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilib Termizdan “Hayraton” chegara punkti orqali Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga yetkazilishi lozim edi.

“Yuk hozircha Termizda turibdi. Uni yetkazib berish sanasi afg‘on tomonidan olib kirishga ruxsat berilishiga bog‘liq va bu masala Qochqinlar boshqarmasining Kobuldagi vakolatxonasi tomonidan hal etilmoqda”, — degan boshqarma vakili.

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, UNHCR’ning yangi insonparvarlik yuklari Afg‘onistonga Termiz orqali tashiladi, chunki mazkur yo‘nalish O‘zbekiston birgalikda afg‘on xalqiga yordam yetkazish uchun qo‘shimcha transport koridori sifatida belgilangan.

Termiz Cargo Centre terminali O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan. O‘z joylashuv o‘rni, hajmi va o‘tkazuvchanligi, shuningdek, ko‘rsatadigan xizmatlari bilan terminal afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish uchun muhim markaz sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat insonparvarlik yordami yuborgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi