26-oktabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Braziliyaning Kuyaba daryosi qirg‘og‘ida urg‘ochi yaguar katta kaymanni tutishga muvaffaq bo‘ldi. Katta dushman mag‘lubiyatga uchragach, urg‘ochi o‘zining o‘ljasini uyga och bolalarining oldiga sudrab ketdi.

Foto: Legion Media

Hindistonning Bangalor shahridagi boshlang‘ich maktablari qayta ochilmoqda.

Foto: EPA

Seuldagi Olimpiya bog‘ida noziknihol gullari orasida suratga tushayotgan qiz.

Foto: “TASS”

Buyuk Britaniyadagi Shropshire Garden botanika bog‘ida Xellouin bayramiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: “TASS”

Iqlim inqirozi mamlakatdagi so‘nggi mojarolardan ko‘ra halokatliroq dushman ekanligini isbotlovchi Afg‘onistonning olis tumani bo‘lgan Bala Murg‘obda turgan bola. Mamlakatning bu yerda yashovchi aholisi qattiq qurg‘oqchilikdan aziyat chekadi.

Foto: AFP

Gambiyaliklar tartib va adolatni ta’minlovchi va yovuzlikdan himoyachisi deb hisoblagan Kankurang ruhi ko‘rinishida kiyingan odamlardan qochayotgan bola.

Foto: AP Photo

Shri-Lankaning Kolombo shahridagi ta’lim muassasasida maktab o‘quvchisini koronavirusiga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlayotgan tibbiyot xodimi.

Foto: AFP

Seuldagi istirohat bog‘ida Netflix’ning “Kalmar o‘yini” serialidagi ulkan qo‘g‘irchoq namoyish etildi.

Foto: Reuters

Moskvadagi ko‘chada farishta ko‘rinishida kiyingan odam.

Foto: Reuters

Moskvadagi Savelovskiy temiryo‘l stansiyasini dezinfeksiya qilayotgan xodim.

Foto: “TASS”

Extinction Rebellion harakatining ekologiya faollari BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi oldidan Madridda norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Shimoliy Kaliforniya qirg‘oqlarida kuchli bo‘ron bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi Blinds tumani.

Foto: EPA

Vladivostok markazidagi yopiq bozorda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Malayziya hukumati 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 60 foizi emlanganini e’lon qildi.

Foto: EPA

Yaponiyaning valiahd shahzodasi Akishino va malika Kikoning to‘ng‘ich qizi Mako oddiy fuqaroga turmushga chiqdi. Shunday qilib malika unvoni va million dollarlik boyligidan voz kechdi.

Foto: AP Photo

Bolasini ko‘tarib olib, Mexiko shahriga boshpana so‘rash uchun ketayotgan erkak.

Foto: AFP

Koronavirus pandemiyasi tufayli 2021-yilda o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro karnavali bekor qilindi.

Foto: Getty Images

Palma orolida otilayotgan vulqon tog‘ining bir qismi o‘pirilib tushdi.

Foto: Getty Images

Quyosh botganda Moskva daryosining qirg‘og‘i bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillar, orqa fonda esa Moskvada “Najotkor Masih” sobori ko‘rinadi.

Foto: Reuters