Markaziy bank 19-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,36 so‘mga pastlab, 10 700,64 so‘mni tashkil qildi. Yevro 25,39 so‘mga pastlab, 12 395,62 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 5,63 so‘mga pastlab, 10 705 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikkinchi kun pastladi.