Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasining finalida Ispaniya va Fransiya terma jamoalari 10-oktabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda kechdi va darvozalarga to‘p kiritilmadi. 64-daqiqada Mikel Oyarsabal ispanlarni oldinga olib chiqdi. Bunga fransuzlar oradan ikki daqiqa o‘tib Karim Benzemaning goli bilan javob qaytardi.

80-daqiqada Kilian Mbappe Fransiyaning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Didye Desham shogirdlari Millatlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Italiya terma jamoasi Belgiyani taslim etgan holda bronza medaliga ega chiqqandi.

Millatlar Ligasi

Final

10-oktabr, yakshanba

Ispaniya — Fransiya 1:2

Gollar: 1:0 – 64 Oyarsabal, 1:1 – 66 Benzema, 1:2 – 80 Mbappe.

Ispaniya: Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Erik Garsiya, Alonso, Sarabiya (Pino, 61), Rodri (Fornals, 84), Ferran Torres (Merino, 84), Buskets, Oyarsabal, Gavi (Koke, 75).

Fransiya: Lyoris, Ernandes, Varan (Upamekano, 43), Kunde, Pavar (Dyubua, 80), Pogba, Tchuameni, Kimpembe, Grizmann (Veretu, 90+2), Mbappe, Benzema.

Ogohlantirishlar: Pogba (46), Kunde (55), Lyaport (86), Mbappe (89).