Daryo

Andijondagi ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in yuz berdi (video)

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish49 372 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joylashgan ikki qavatli savdo markazining yerto‘lasida yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa haqida xabar Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 30-sentabr kuni soat 15:34 da xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da yetib borib, yong‘in soat 16:17 da o‘rab olingan va soat 16:29 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Andijondagi bog‘chalardan birining hududida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Ushbu yong‘in quruvchilarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar