Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 28-sentabr kuni soat 12:42 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahar 4-dahada joylashgan to‘rt qavatli 11-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon texnikasi soat 12:48 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:30 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 200-250 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.










