FVV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi bog‘chalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri, 2-mikrorayon 50-maktab yonidagi bog‘cha yonayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, 20-sentabr kuni soat 11:30 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan 38-bolalar bog‘chasi hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, bog‘chada ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan. Yong‘in oqibatida bog‘cha hududida 2 metr kvadrat maydonda qurilish chiqindilari va xas-xashaklar yongan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.








