Turkiyada mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil taqdim etildi. Mashinaning taqdimoti Istanbulda TEKNOFEST aerokosmik va tenologik ko‘rgazmasida o‘tkazilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Ukrinform.ua”

“Stendimizda shunchaki avtomobil emas, balki yaratishda yuqori texnologiyalardan foydalanilgan ‘aqlli’ qurilma taqdim etildi. Shuningdek, biz yangi avlod akkumulyatorini taqdim etamiz — ‘aqlli’ elektr qurilma haqiqatda texnologik mahsulot”, — deydi Group TOGG avtomomobil korxonasining bosh direktori Gurjan Karakash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, elektrokarni seriyali ishlab chiqarish 2022-yilning oxiridan boshlanadi. Ayni vaqtda kompaniya o‘z ixtirosini takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: “Ukrinform.ua”

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur elektrokarlarni ishlab chiqaruvchi korxona Bursa provinsiyasida ekologik tamoyillarga asoslangan holda quriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida Istanbulda Baykar Defense kompaniyasi birinchi bor Turkiyada yaratilgan Cezeri uchar avtomobilini sinovdan o‘tkazgandi.