Yevropa maydonlarida 11 va 12-sentabr kunlari bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu sahifada hafta yakunidagi bahslarning esda qolarli lavhalarini taqdim etiladi.

Obameyang tomonidan “Norvich” darvozasiga urilgan gol “Arsenal”ning APL joriy mavsumidagi ilk goliga aylandi.

Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da qaytganidan keyingi debyut o‘yinidayoq ikkita gol urdi

Foto: Getty Images

“Borussiya D” uch bor hisobda ortda borib, yakunda “Bayer”ni yengdi (4:3). Erling Holand g‘alaba golini urdi.

Foto: Getty Images

Dortmundlik muxlislar g‘alabadan xursand.

Foto: Getty Images

Ronaldusiz qolgan “Yuventus” uch o‘yinda 1 ochko to‘pladi.

Foto: Getty Images

“Liverpul” futbolchisi Harvi Elliot “Lids”ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.

Foto: Getty Images

Elliot maydondan olib chiqib ketilmoqda.

Foto: Getty Images

Muhammad Saloh APLdagi 100-golini urdi.

Foto: Getty Images

Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Stefan ash-Shaaravi 90+1-daqiqada “Sassuolo” darvozasiga g‘alaba golini urdi.

Foto: Getty Images

“Roma” ushbu g‘alabadan keyin A Seriya peshqadamiga aylandi.

Foto: Getty Images

Joze Mourinyo Eldor Shomurodovga ko‘rsatma bermoqda.

Foto: Getty Images

Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yinida unutilmas g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Zlatan Ibrahimovich ketma-ket 26 mavsumdan buyon gol urib kelmoqda.

Foto: Getty Images

“Chelsi”ning yangi futbolchisi Saul Niges “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda APLdagi debyutini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Eduardo Kamavinga “Real”dagi debyut o‘yinidayoq o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Karim Benzema “Selta”ga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etdi.

Foto: Getty Images