Daryo

Qashqadaryoda 4 metrli quduqqa tushib ketgan sigir chiqarib olindi

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi

1 daqiqa o‘qish45 846 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida quduqqa tushib ketgan sigir qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: FVV

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 11-sentabr kuni soat 01:00 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar