Daryo

O‘zbekistondagi maktablarga 650 mingga yaqin o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi

Bunda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hisobga olinmagan

1 daqiqa o‘qish50 724 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2020/2021-o‘quv yili boshida umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar soni 649,1 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2015/2016-o‘quv yili boshida 622,5 ming nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilingan. 2020/2021-o‘quv yilida esa ushbu ko‘rsatkich, 649,1 ming nafarni tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, bunda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hisobga olinmagan.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi 6-sentabr kuni O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlangani, bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qabul qilinib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar